Gruziyaga yangi Bosh vazir tayinlandi

Gruziyaga yangi Bosh vazir tayinlandi

Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili 46 yoshli Irakliy Kobaxidzeni mamlakat Bosh vaziri etib tayinlash haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Gruziya Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Gruziya parlamenti deputatlari Bosh vazir Irakliy Kobaxidze boshchiligidagi hukumat tarkibiga ishonch bildiruvchi rezolyusiyani, shuningdek, hukumat dasturini allaqachon ma’qullagan. Kobaxidzening Gruziya Bosh vaziri lavozimiga ishonch votumini 84 deputat yoqlab, 10 deputat qarshi chiqqan.

Shuningdek, Bosh vazir bilan birgalikda uning kabineti tarkibi ham tuzilgan.

Unda Ilya Darchiashivli Gruziya Tashqi ishlar vaziri, Lasha Xusishvili Moliya vaziri, Rati Bregadze Adliya vaziri, Vaxtang Gomelauri Ichki ishlar vaziri etib tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!