Durov o‘z farzandlariga 30 yil davomida pul olishni taqiqlab, vasiyat qildi
Telegram asoschisi Pavel Durov erkinliklarni himoya qilish faoliyati bilan bog‘liq xavf-xatarlar tufayli vasiyatnoma yozdi. Hujjatga ko‘ra, milliarderning farzandlari uning akkauntlariga faqat 30 yildan keyin kira oladi.
"Men ular oddiy odamlardek yashashlarini, o‘z hayotlarini qurishlarini, o‘zlariga ishonishni, ijod qila olishlarini va bank hisobiga qaram bo‘lmasliklarini istayman", — dedi u Fransiyaning Le Point jurnaliga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘z ishi tufayli u “ko‘plab dushmanlar orttirgan, jumladan, qudratli mamlakatlarda”. Durov o‘z farzandlari va Telegramni himoya qilmoqchi ekanligini qo‘shimcha qildi.
Milliarder, shuningdek, u uch xil ayoldan olti farzandning “rasmiy otasi” ekanligini aytdi. Boz ustiga, u yaqinda Dubayda o‘g‘il ko‘rdi, biroq Fransiyada hibsga olingani sababli undan ajralishga majbur bo‘ldi.
Durovning ta’kidlashicha, u ilgari sperma donorligi tufayli 12 mamlakatda yuzdan ortiq bolaning biologik otasi hamdir. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu bolalar qanday tug‘ilganligi uning uchun farq qilmaydi, shuning uchun ularning barchasi "bir xil huquqlarga ega bo‘ladi". O‘tgan yilning iyul oyida Pavel Durov dunyoning 12 mamlakatida sperma donorligi tufayli dunyoga kelgan 100 dan ortiq bolaning biologik otasi ekani ma’lum bo‘ldi. Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, u bundan 15 yil avval donor bo‘lgan.
