Gruziyada jinoiy guruhlarga aloqador 26 kishi hibsga olindi

Tbilisi, Imereti va Samegrelo viloyatlarida o‘tkazilgan maxsus operasiya natijasida Gruziya Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturasi jinoiy guruhlarga aloqador 26 kishini qo‘lga oldi.
“Report”ning Gruziya byurosi xabariga ko‘ra , yana to‘rt kishiga sirtdan ayblovlar qo‘yilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ularning uch nafari qonun o‘g‘rilaridir. Aniqlanishicha, qo‘lga olinganlar xorijdagi jinoiy doiralar bilan aloqada bo‘lgan va moliyaviy kelishmovchiliklarni hal qilish uchun “o‘g‘rilar yig‘inlari” tashkil etgan.
Ko‘zdan kechirish chog‘ida kompyuter texnikasi, uyali telefonlar, o‘qotar qurollar, o‘q-dorilar, marixuana giyohvandlik moddasi olib qo‘yildi.
Bu jinoyatlar 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.