Gruziya Ichki ishlar vazirligi parlament yaqinidagi namoyishda Yevropa Ittifoqi bayrog‘ini yoqib yuborgan besh kishini jarimaga tortdi

@SputnikGeorgia xabar berishicha, voqea Tbilisida Konservativlar harakati partiyasi tarafdorlari o‘tkazgan miting chog‘ida yuz bergan.
Eslatib o‘tamiz, Gruziyadagi G‘arb ta’siridan va Rossiya bilan aloqa o‘rnatishdan norozi bo‘lgan «Konservativ Harakat» namoyishchilari 14 mart kuni Yevropa Ittifoqi bayrog‘ini tushirib, yirtib tashlagan, keyin esa yoqib yuborgan edi.
▪️2021 yil iyul oyidan boshlab Yevropa Ittifoqi, NATO, xalqaro tashkilotlar va mamlakat bilan diplomatik aloqada bo‘lgan davlatlar bayrog‘ini davlat muassasasida osig‘liq holda tahqirlash 1000 lari (380 dollar) miqdorida jarima yoki 15 sutkagacha qamoq bilan jazolanadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)