Gruziya 1 fevraldan xalqaro aviaqatnovlarni qayta tiklamoqda

Gruziya 1 fevraldan xalqaro aviaqatnovlarni qayta tiklamoqda

Gruziya 1 fevraldan boshlab muntazam xalqaro aviareyslarga qo‘yilgan barcha taqiqlarni bekor qiladi. Bu haqda mamlakat iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri Natiya Turnavaga tayanib «Korrespondent.net» xabar berdi.

«Biz 1 fevraldan muntazam reyslarga qo‘yilgan cheklovni olib tashlash mumkin deb hisoblaymiz. Bu Gruziyada ishlaydigan barcha aviakompaniyalar, shuningdek, Gruziyaga parvoz qilishni istagan yangi aviakompaniyalar ham muntazam reyslarni rejalashtirish va amalga oshirishi mumkinligini bildiradi», — deydi Turnava.

Vazirning ta’kidlashicha, bu tibbiy protokollar va virusga qarshi xavfsizlik qoidalariga amalga qilingan holda bajariladi.

«Dunyodagi ko‘plab aviakompaniyalar hozirda buni amalga oshirayotgani sabab bu qo‘shimcha xavf tug‘dirmaydi», — deya qayd etadi Turnava.

Endilikda Gruziya hukumati mamlakatga kirish rejimini yengillashtirish masalasini muhokama qilmoqda.

«Bu o‘zaro bog‘liq holatlar. Ma’lumki, ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam reyslar mavjud, biroq ikkinchi to‘lqin, mamlakatga kirishdagi ayrim cheklovlar sabab aviakompaniyalar o‘z huquqlari, chastotalaridan muntazam foydalanmayapti va o‘zlari xohlagandek reyslarni amalga oshira olmayapti», — deydi idora rahbari.

Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri mamlakat bahorgi mavsumdan ko‘proq turistlarni qabul qila olishiga umid bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, yanvar boshida koronavirusning «britancha» shtammi Gruziyada ham aniqlangan edi. Mamlakat hukumati 2020 yilning noyabr oyi oxiridan 1 fevralgacha jamoat va shaharlararo transport vositalari, savdo markazlar hamda do‘konlar faoliyatiga, shuningdek, sport va madaniy tadbirlar tashkil qilishga bir qator cheklovlar kiritgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!