Grossi Rossiyaning MAGATEdagi rolini cheklash taklifiga javob berdi

Grossi Rossiyaning MAGATEdagi rolini cheklash taklifiga javob berdi

Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktori Rafael Grossi Rossiyaning MAGATEdagi rolini cheklash taklifiga javob berdi.

Vashingtondagi chiqishi chog‘ida u “ko‘pchilik hozirgi voqealarni hisobga olib, Rossiyaning MAGATEdagi ishtirokini cheklash kerak” degan fikrda ekanini aytdi.

Grossining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyani tashkilotdan chiqarib yuborishni taklif qilib, “ba’zilar haddan oshdi”.

“Bu xalqaro tashkilot va unda tartiblar bor, unga ko‘ra, men biror davlatni siyosatni ishlab chiqaruvchi organlar yoki boshqa instansiyalardan chiqarib tashlash to‘g‘risida mustaqil qaror qabul qila olmayman”, — deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!