Gresiya “Avliyo Sofiya”ni yana muzeyga aylantirishni so‘radi

Gresiya “Avliyo Sofiya”ni yana muzeyga aylantirishni so‘radi

Gresiya Turkiyadan Istanbuldagi “Avliyo Sofiya” masjidini yana muzeyga aylantirishni so‘radi. Bu haqda Gresiya Tashqi ishlar vaziri Nikos Dendias BMT Inson huquqlari kengashining 46-sessiyasi paytida ma’lum qildi. 

Dendiasning so‘zlariga ko‘ra, madaniy huquqni to‘liq amalga oshirish va madaniy merosni saqlash Gresiya uchun o‘ta muhim masala hisoblanadi. “Siyosiy, iqtisodiy va madaniy tizimlaridan qat’i nazar, barcha davlatlar madaniy yodgorliklarning maqomini o‘zgartirishdan tiyilishi kerak”, – dedi u. Vazirning ta’kidlashicha, “Avliyo Sofiya”ning masjidga aylantirilishi madaniy merosga hurmat tushunchasiga ziddir.  

537 yilda barpo etilgan “Avliyo Sofiya” 1453 yilda Istanbulning fathi bilan cherkovdan masjidga aylantirilgan edi. 1934 yilda, ya’ni Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk paytida esa muzey bo‘ldi. “Avliyo Sofiya” o‘tgan yili qaytadan masjidga aylantirildi va u yerda 24 iyul kuni 86 yilda ilk bor juma namozi o‘qildi. Prezident Rajab Toyyib Erdog‘an tanqidlarga javoban “Avliyo Sofiya”dan qanday maqsadda foydalanish Turkiyaning suveren huquqi ekanligini va mazkur masalaga aralashishga hech qaysi davlatning haqqi yo‘qligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!