Google Xitoy harbiylari bilan hamkorlik qilishi to‘g‘risidagi ayblovlarni rad etdi

Google Xitoy harbiylari bilan hamkorlik qilishi to‘g‘risidagi ayblovlarni rad etdi

Google kompaniyasi XXR harbiy-sanoat majmuasi bilan hamkorlik qilishi to‘g‘risidagi ayblovlarni rad etdi.

"Avval aytganimizdek, biz Xitoy harbiylari bilan ishlamaymiz", - deyiladi kompaniya bayonotida.

Avvalroq milliarder va investor Piter Til FQB va MRB Google kompaniyasiga nisbatan tekshiruv o‘tkazishi kerakligini aytgandi. Tilning so‘zlariga ko‘ra, xitoylik agentlar kompaniya rahbariyati va sun’iy ong vositalari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi jamoa ichida bo‘lishi mumkin. 

Yirik IT-kompaniyalardan bo‘lgan Palantir asoschisi Jo Londsdeyl Google kompaniyasini "vatanparvar emas" deb atadi va XXR hukumati uning loyihalarida ishtirok etayotganligini bildirdi.

 

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!