Gollandiya “Eurovision-2021”ga tomoshabinlarni qabul qilishga ruxsat berdi

Gollandiya “Eurovision-2021”ga tomoshabinlarni qabul qilishga ruxsat berdi

“Eurovision-2021” qo‘shiq tanlovi tashkilotchilari tomoshabinlarga tadbirga tashrif buyurishga ruxsat berishmoqchi. Bu haqda Niderlandiya rasmiylarining tegishli qaroridan so‘ng ma’lum qilindi.

“Biz Niderlandiya hukumatining qarori va muxlislarni “Eurovision” qo‘shiq tanloviga qo‘shilishga taklif qilish imkoniyatimizni mamnuniyat bilan qabul qilamiz”, dedi bosh ijrochi direktori Martin Osterdal.

Unga ko‘ra, tashkilotchilar hozirda mavjud bo‘lgan tomoshabinlarni qabul qilish variantlarini ko‘rib chiqadilar va kelgusi haftalarda musobaqa qoidalari to‘g‘risida batafsilroq ma’lumotlarni e’lon qilishadi. Tadbirga tashrif buyurganlarning salomatligi va xavfsizligiga alohida e’tibor beriladi.

Eslatib o‘tamiz, “Eurovision-2021” 18-22 may kunlari Rotterdamdagi Ahoy arenasida bo‘lib o‘tadi. Musobaqa oflayn rejimda o‘tkaziladi, ammo delegasiyalar tarkibi, shuningdek, tadbirdagi jurnalistlar soni kamayadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!