"Golden Boy" Bektemir Meliqo‘ziyevning jangini rasman e’lon qildi

"Golden Boy" Bektemir Meliqo‘ziyevning jangini rasman e’lon qildi

Avvalroq bokschimiz Bektemir Meliqo‘ziyev 20 aprel kuni fransiyalik Pyer Xuber Dibombega qarshi jang qilishi haqida xabar qilingandi.

Bektemir hamkorlik qiladigan "Golden Boy" promouterlik kompaniyasi bokschimizning jangini rasman e’lon qildi.

Ushbu jang Nyu-York shahrida tashkil etiladi va DAZN orqali translyasiya qilinadi. Unda Bektemir o‘ziga tegishli WBA Inter-Continental kamarini himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, charm qo‘lqop ustamiz shu kungacha prof boksda 14 ta jang o‘tkazib, ularning 13 tasida g‘alaba qozongan (10 ta KO). Hisobida bitta mag‘lubiyat bor. Xuber esa 23 ta jang o‘tkazib, ularning 22 tasida g‘alabaga erishgan (12 ta KO). Bektemir singari bir marotaba mag‘lub bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!