GM Uzbekistan uchta yangi model — Equinox, Traverse va Trailblazer’ni ishlab chiqarishni o‘zlashtiradi

GM Uzbekistan uchta yangi model — Equinox, Traverse va Trailblazer’ni ishlab chiqarishni o‘zlashtiradi

GM Uzbekistan kompaniyasi uchta yangi modelni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish hamda mahalliylashtirish darajasini 50 foizga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston 24 telekanalining Yangiliklar 24 dasturi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifi yakunlariga bag‘ishlangan reportajda ma’lum qildi.Reportajda O‘zavtosanoat raisi Shavkat Umurzoqov O‘zbekiston Prezidentiga Chevrolet Equinox va Chevrolet Traverse krossoverlari hamda Chevrolet Trailblazer yo‘ltanlamasini tanishtirayotgani ko‘rsatilgan. Asakadagi zavodni modernizasiya qilish loyihasining qiymati 500 million dollarga baholanmoqda.Avvalroq O‘zavtosanoat krossoverlar segmentida yangi avtomobillarni ishlab chiqarish rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi. Captiva modeli esa 2018 yilning kuzida ishlab chiqarishdan olingan edi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!