G‘ijduvonda muqaddam 9 marta sudlangan erkak nogiron qizni zo‘rlagani uchun besh yilga qamaldi

G‘ijduvonda muqaddam 9 marta sudlangan erkak nogiron qizni zo‘rlagani uchun besh yilga qamaldi



Bu haqida Xabar.uz nashriga jurnalist Laylo Hayitova xabar berdi.

Unga ko‘ra, 22 yoshli kar va soqov qizning og‘iz-qo‘llarini skotchlab, uni zo‘rlagan shaxs bundan oldin ham turli jinoyatlari uchun 9 marta sudlangan. U 2000 yilda ham xuddi shu ayb bilan qamalgan.

Nogiron qiz tuman markazidagi "Bek" restoranida ofisant bo‘lib ishlab turganda 41 yoshli erkak ovqatlanishga kirgan. Qizni ojiza ekanini sezib, yo‘lovchi mashinada aldab uyiga olib borgan va zo‘rlagan.

Voqeadan mahalladoshi o‘smir yigit xabar topib atrofdagilarni yordamga chaqirgan.

Mazkur jinoyati uchun erkak 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan va unga jazoni qattiq tartibli kolloniyada o‘tash tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!