Germaniyaning Volkswagen avtokonserni Rossiyadagi aktivlarini sotdi

Germaniyaning Volkswagen avtokonserni Rossiyadagi aktivlarini sotdi

Nemis avtomobil ishlab chiqaruvchisi Volkswagen (VW) Rossiyadagi barcha aktivlarini, shu jumladan Kalugadagi avtomobil zavodini "Avilon" Rossiya dilerining Art-Finance kompaniyasiga sotdi, deyiladi avtomobil ishlab chiqaruvchisi 19 may, juma kuni e’lon qilingan bayonotda.

Xabarda qayd etilishicha, bitim VW'ning "Folksvagen Grup Rus" (Kaluga zavodiga egalik qiladi) va uning sho‘’ba korxonalari ("Folksvagen Komponenti i Uslugi", "Skaniya Lizing", "Skaniya Finans", "Skaniya StraxovaniYE"), importchi korxona (sotish va sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish biznesi), ehtiyot qismlar ombori va moliyaviy xizmatlar biznesidagi ulushlarini qamrab oladi.

Xaridor "Avilon" ko‘magidagi "Art-Finans" MCHJ bo‘ldi. Rossiya kompaniyalari hamda Rossiya Federasiyasidagi hududlar va tarmoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati haqida ma’lumot beruvchi SPARK tahliliy tizimiga ko‘ra, ustav kapitali 100 ming rubl bo‘lgan ushbu kompaniya 13 fevralda ro‘yxatga olingan va 100 foizi "Avilon" sobiq bosh direktori Andrey Pavlovichga tegishli. "Avilon" matbuot kotibi izoh berishdan bosh tortdi.

Volkswagen o‘zining press-relizida kelishuv Rossiya hukumati tomonidan ma’qullanganini bildirdi. “Interfaks” xabariga ko‘ra, qaror 17 aprelda qabul qilingan, bitim summasi 125 million yevrodan oshmasligi kerak (tasdiqlangan kuni taxminan 11,3 milliard rubl). Hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun "Avilon" ichki bozorda valyuta sotib olishi kerak bo‘ladi, xarid miqdori esa kuniga 50 million yevro bilan cheklangan. Volkswagen xabarida kelishuv summasi aniqlanmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!