Germaniyada yillik inflyasiya rekord darajadagi 10 foizga yetdi

Germaniyada yillik inflyasiya rekord darajadagi 10 foizga yetdi

Germaniyada yillik inflyasiya sentabr oyida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, rekord darajadagi 10 foizga yetdi. Bu haqda milliy Federal statistika boshqarmasi (Destatis) matbuot xizmati o‘z saytida ma’lum qildi.

Sentyabr oyining birinchi yarmida Destatis matbuot xizmati xabar berishicha, Germaniyada iste’mol narxlari avgust oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,8% rekord darajada tezlashgan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra inflyasiya har oyda narxlar 0,4 foizga oshishda davom etmoqda.

Shu bilan birga, Germaniya Iqtisodiyot vaziri Robert Xabek Berlindagi matbuot anjumanida Germaniya inflyasiya darajasini pasaytira olmasa, 2023 yilda resessiyaga duch kelishi mumkinligini aytdi.

O‘tgan hafta DPA agentligi nemis iqtisodchilari ma’lumotlariga tayanib, xarid qobiliyatining katta yo‘qotilishi va energiya narxining yuqoriligi sababli kompaniya xarajatlarining keskin oshishi mamlakat iqtisodiyotini muqarrar tanazzulga olib kelayotganini yozgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!