Germaniyada bir kishi aeroportning avtoturargohida bir necha kishini urib yubordi

Germaniyada bir kishi aeroportning avtoturargohida bir necha kishini urib yubordi

Germaniya g‘arbidagi Kyoln aeroportida bir kishi avtomobil to‘xtash joyida bir guruh odamlarga bostirib bordi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi bir nechta piyodalarni urib yuborgan, natijada ular turli tan jarohatlari olgan. Hujum qilgan shaxs, shuningdek, bir nechta mashinaga zarar yetkazgan.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, erkakning "ruhiy jihatdan beqaror" ekanligi haqida alomatlar bor. Qayd etilishicha, jinoyatchini qo‘lga olish chog‘ida ikki nafar polisiya xodimi jarohatlangan, gumonlanuvchi zararsizlantirilib, shifoxonaga yetkazilgan.

Qurbonlar haqida boshqa ma’lumotlar yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!