Germaniya yana AstraZeneca vaksinasini qo‘llashdan voz kechdi

Germaniya yana AstraZeneca vaksinasini qo‘llashdan voz kechdi

Germaniyaning Berlin shtatida yana 60 yoshdan kichik bo‘lganlarni AstraZeneca kompaniyasining vaksinasi bilan emlash to‘xtatib qo‘yildi. Bunga ushbu vaksinaning qonda tromblarni hosil qilishi borasidagi xabarlar sabab bo‘lgan.

Berlin shtatining sog‘liqni saqlash rahbari Dilek Kalaychining seshanba kuni bergan ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu qaror ehtiyot chorasi sifatida qabul qilingan. Chunki mamlakatdagi tibbiyotni nazorat qiluvchi tashkilot yaqinda vaksinani olgan odamlarning 31 tasining qonida tromblar hosil bo‘lgani va ularning to‘qqiz tasi vafot etgani haqida xabar bergan.

Shuningdek,DPA axborot agentligining ma’lum qilishicha, Myunxen shahrida ham 30 martdan boshlab 60 yoshdan kichik bo‘lganlarni AstraZeneca vaksinasini bilan emlash to‘xtatilgan.

«Hozirgi o‘zgarishlar tufayli Myunxenda AstraZeneca bilan 60 yoshdan kichik bo‘lganlarni emlash ehtiyot chorasi sifatida to‘xtatib turishga qaror qilindi» deya Myunxen hokimiyati matbuot kotibining so‘zlarini keltiradi DPA.

Germaniyada hozirga qadar 2.7 million dozadagi AstraZeneca vaksinasi qo‘llanilgan bo‘lib, ushbu dozalar bilan asosan o‘qituvchi va shifokorlar emlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!