Germaniya Ukrainaga yangi qurol yetkazib berishini e’lon qildi

Germaniya Ukrainaga yangi qurol yetkazib berishini e’lon qildi

Bu haqda Germaniyaning Ukrainadagi elchixonasi tvitter’da ma’lum qildi.

Gap 18 ta RCH-155 o‘ziyurar artilleriya moslamalari, 80 ta pikap, 7 ta yuk mashinasi va 90 ta dronga qarshi uskunalar haqida bormoqda.

Shuningdek, elchixonaning qo‘shimcha qilishicha, o‘tgan haftada Ukraina 20 ta Dingo zirhli avtomobili va 2 ta M1070 Oshkosh og‘ir yuk ko‘taruvchi traktori olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!