Germaniya Ukrainaga qanday qurollarni sovg‘a qilmoqchi ekanligi oydinlashdi

Germaniya Ukrainaga qanday qurollarni sovg‘a qilmoqchi ekanligi oydinlashdi

Germaniya hukumati birinchi marta Ukrainaga ko‘rsatgan harbiy yordami ro‘yxatini va endi yetkazib berilishi rejalashtirilayotgan yordam paketi haqida ma’lumot berdi. Mazkur ro‘yxat 21 iyun kuni Germaniya Vazirlar Mahkamasi saytida chop etilgan.

Qayd etilishicha, Germaniya hukumati Kiyevga “Gepard” tipidagi 30 ta o‘ziyurar zenit qurilmalari, IRIS-T havo mudofaa tizimi (havo hujumidan mudofaa), uchta uchta Mars yalpi reaktiv hujum tizimi, o‘q-dorilar va boshqa bir qator qurollarni yetkazib berish niyatida. Shuningdek, Ukraina armiyasiga 22 ta yuk mashinasi, 80 ta Toyota pikapi, 32 ta razvedkachi dron va 100 000 ta birinchi tibbiy yordam to‘plami beriladi.

Hammasi bo‘lib, Ukrainaga yetkazib berilgan qurol va materiallar ro‘yxatida 38 ta, rejalashtirilganlar ro‘yxatida yana 25 ta pozisiya mavjud.

Qurol-yarog‘ va boshqa materiallar Bundesver zaxiralaridan ajratilgan yoki mudofaa konsernlari tomonidan ta’minlangan. Germaniya hukumati vakili ro‘yxat doimiy ravishda yangilanib borishini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!