Germaniya Tayvanga yordam berishga va’da berdi

Germaniya Tayvanga yordam berishga va’da berdi

Germaniya hukumati Xitoy hujumga o‘tgan taqdirda Tayvanga yordam beradi. Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Burbok ma’lum qildi, deb yozadi Spigel.

Bir davlat boshqa davlatni bosib olishga urunish bilan birgalikda Halqaro huquqlarni buzulishini qabul qilmaymiz – bu albatta Xitoyga ham tegishli”, dedi vazir. Berlin Xitoy tajovuzi bo‘lgan taqdirda Tayvanni qo‘llab-quvvatlashiga va’da berdi.

Avvalroq Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Xua Chunin Xitoy rasmiylari Tayvan mustaqilligiga ega bo‘lish uchun zarracha ham imkoniyat yo‘qligini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aholisi 1,4 milliard kishidan ortgan Xitoy xalqi hududiy bo‘linishni qabul qilmaydi va hududiy yaxlitligini himoya qilish masalasida ularning irodasi bukilmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!