Germaniya iqtisodiyot vaziri qishda ikkita atom elektr stansiyasini ishga tushirishga rozi bo‘ldi

Germaniya iqtisodiyot vaziri qishda ikkita atom elektr stansiyasini ishga tushirishga rozi bo‘ldi

“Bugun biz asosiy bandlar bo‘yicha kelishuvga erishdik, ular ikkala atom elektr stansiyasining ham yil oxiridan keyingi muddatga foydalanishini ta’minlaydi”, dedi Robert Xebek.

Xabek o‘nlab yillar davomida yadroviy energiyaga qarshi chiqqan Yashillar partiyasini ifodalaydi. Atom elektr stansiyalarini bosqichma-bosqich to‘xtatish qarori 2011 yilda o‘sha paytda kansler lavozimini egallab turgan Angela Merkel davrida qabul qilingan.

Hozir Germaniyada uchta atom elektr stansiyasi ishlamoqda, ularni 2023-yil 1-yanvarga qadar o‘chirish rejalashtirilgan edi. Kutilayotgan energetika inqirozi fonida bir qator partiyalar isitish mavsumida qiyinchiliklarga duch kelmaslik uchun o‘z faoliyatini uzaytirishni talab qilishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!