Germaniya elchisi Turkiya tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi

Germaniya elchisi Turkiya tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi

Bundestag vise-spikeri Volfgang Kubiskining Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an haqidagi so‘zlari sababli Germaniyaning Anqaradagi elchisi Turkiya tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi. Bu haqda TRTHaber xabar berdi.

«Biz Germaniya federal parlamenti vise-spikeri Volfgang Kubiski tomonidan prezidentimiz sha’niga aytilgan haqoratli so‘zlarni keskin qoralaymiz», — Turkiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Tanju Bilgich.

Uning so‘zlariga ko‘ra, nemis siyosatchisining so‘zlari nomaqbul va «siyosiy axloq»qa zid.

Qayd etilishicha, Turkiya tashqi ishlar vazirligi Germaniyaning Anqaradagi elchisiga ushbu masala bo‘yicha munosabatini ma’lum qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Volfgang Kubiski Erdo‘g‘anni qochqinlar bilan bog‘liq inqiroz vaqtidagi siyosati uchun haqorat qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!