“Gepatit S” kasalligini 100 foiz davlat hisobidan davolashni yo‘lga qo‘yamiz — Shavkat Mirziyoyev

“Gepatit S” kasalligini 100 foiz davlat hisobidan davolashni yo‘lga qo‘yamiz — Shavkat Mirziyoyev

Ayni damda Prezidentlikka O‘zLiDEPdan nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z dasturi bilan tanishtirmoqda.

"Aholimizni tibbiyot tizimidan rozi qilish uchun, hali juda ko‘p ishlarni amalga oshirishimiz kerak. Yurtimizda o‘rtacha umr davomiyligini hozirgi 73 yoshdan kelgusida 78 yoshga yetkazish bo‘yicha barcha imkoniyatlarni ishga solamiz.

Buning uchun, 2030 yilga qadar:

- onalar va bolalar o‘limi, bolalar o‘rtasida irsiy kasalliklarni kamida 2 barobarga qisqartirish;
- onkologiya, yurak-qon tomir, diabet, nafas yo‘llari va yuqumli kasalliklar bo‘yicha erta o‘limni esa, 2,5 barobar kamaytirish asosiy vazifamiz bo‘ladi.

Bunda:

- 120 ming nafar onkologiya, 350 ming nafar d́iabet, 1,5 million yurak-qon tomir kasalligi bor bemorlarni davolash bilan to‘liq qamrab olamiz;

- “Gepatit S” kasalligini 100 foiz davlat hisobidan davolashni yo‘lga qo‘yamiz;
- “tuberkulyoz” bilan kasallanish darajasini yuz ming aholiga nisbatan hozirgi 34 nafardan keskin kamaytirishga erishamiz (2016 yilda 43 nafar bo‘lgan).

Shu bilan birga, kelgusi yildan birlamchi bo‘g‘in orqali eng ko‘p uchraydigan 10 ta kasallikni davolash va 6 ta tibbiy xizmatdan iborat kafolatlangan tibbiy paket aholiga bepul taqdim etiladi.

Bu orqali, tibbiy yordamga muhtoj aholining 70 foiz murojaatlari birlamchi bo‘g‘inning o‘zida hal bo‘ladi.

Onkologik bemorlar hayotini saqlab qolish maqsadida, mamlakatimizda ilk bor o‘zak hujayralarini transplantasiya qilish yo‘lga qo‘yiladi.

Bu boradagi xarajatlar ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun to‘liq davlat hisobidan qoplanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!