G‘azoda 60 nafar jurnalist halok bo‘lgani haqida ma’lumot berildi

Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida 7 oktyabrdan beri 60 jurnalist halok bo‘ldi.
Bu haqda Falastin hukumatining G‘azodagi matbuot bo‘limi xabar berdi.
Halok bo‘lgan jurnalistlar orasida 4 nafari ayol bo‘lgan.
Bayonotda, halok bo‘lgan ommaviy axborot vositalarining ba’zilari bevosita Isroil armiyasi raketalari bilan hujumga uchragani, ba’zilari esa uylari havo hujumlarida vayron bo‘lgach, oilalari bilan birga halok bo‘lganligi bildirildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)