G‘azo sektoridan Isroil hududiga 600 ga yaqin raketa uchirilgani ma’lum qilindi
Vaziyat keskinlasha boshlaganidan beri G‘azo sektoridan Isroil tomon 600 ga yaqin raketa uchirildi. Bu haqda Isroil armiyasi xabar berdi.
“580 ta raketa allaqachon (Isroil hududiga) ishdan chiqarilgan”, — deya Isroil armiyasi vakili so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Ta’kidlanishicha, raketalarning taxminan 97 foizi "Temir gumbaz" raketaga qarshi mudofaa tizimi tomonidan tutib olingan.
Avvalroq Isroil armiyasi “Islom jihodi” tunneliga hujum qilgani ma’lum bo‘lgan edi.
5 avgust kuni Isroil “Islomiy jihod”ga qarshi “Tong” operasiyasini e’lon qildi. Isroil va anklav o‘rtasidagi 80 kilometrlik chegarada favqulodda holat e’lon qilindi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)