G‘arbiy Avstraliyada radioaktiv seziy-137 ning kichik bir kapsulasi yo‘qoldi. Hozirda u 1300 kilometrlik shosse bo‘ylab qidirilmoqda

G‘arbiy Avstraliyada radioaktiv seziy-137 ning kichik bir kapsulasi yo‘qoldi. Hozirda u 1300 kilometrlik shosse bo‘ylab qidirilmoqda

Rio Tinto Britaniya-Avstraliya tog‘-kon kompaniyasi 30 yanvar kuni G‘arbiy Avstraliyada radioaktiv seziy-137 nuklidi bo‘lgan kapsulani yo‘qotgani uchun uzr so‘radi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Kapsula diametri 6 millimetr va qalinligi 8 millimetr bo‘lgan metall silindrdir. Bu temir javhari zichligini o‘lchaydigan sensorning bir qismi. Qurilma Rio Tinto konidan G‘arbiy Avstraliya poytaxti Pert shahriga tashish vaqtida yo‘qolib qolgan. Taxminlarga ko‘ra, kapsula shaxta va Pert o‘rtasidagi shossega qulagan. Ularning orasidagi masofa 1300 kilometrdan oshadi.

Kapsulaning yo‘qolishi sensor Pertga olib kelinganidan bir hafta o‘tib, 25 yanvar kuni sezilgan. Rasmiylar G‘arbiy Avstraliya aholisini voqea haqida ogohlantirdi va ulardan kamida besh metr uzoqlikda kapsula topilgan yoki yo‘qligi haqida ma’lumot so‘raldi, chunki seziy-137 teriga tegishi kuyish va nurlanish kasalligi bilan tahdid soladi, deb yozadi The New York Times.

G‘arbiy Avstraliya yong‘in va qutqaruv departamenti kapsulani qidirishni boshladi. Qidiruv guruhi radiasiya darajasini o‘lchash uchun asboblar bilan jihozlangan. Biroq rasmiylar kapsula shosseda ketayotgan har qanday mashina shinasiga tiqilib qolib, haydovchi va yo‘lovchilarga radiasiya ta’sir qilishi mumkinligidan xavotirda, deb yozadi WSJ.

Manba.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!