G‘arb Ukrainaga F/A-18 qiruvchi samolyotlarini yuborish va F-16larni yetkazib berishni muhokama qilmoqda
BU haqda Politico ma’lum qildi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina delegasiyasi o‘tgan hafta Singapurda bo‘lib o‘tgan "Shangri-La" dialogi doirasidagi yopiq uchrashuvlarda F/A-18 samolyotlarini yetkazib berish masalasini ko‘targan.
Qayd etilishicha, Ukraina o‘nlab eski, ammo xizmat ko‘rsatishga yaroqli F/A-18 larni olishi mumkin, ular tez orada eksportga chiqariladi, chunki Avstraliya, Kanada, Shveysariya va Finlyandiya allaqachon F/A-18 dan F-35 ga o‘tmoqda.
F/A-18 1970 yillarda ishlab chiqilgan qiruvchi-bombardimonchi samolyot hisoblanadi. Bugungi kunda u AQSh harbiy-dengiz kuchlarining asosiy jangovar samolyotidir.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)