Gamburgda Rossiyaga tegishli yana bir superyaxta garovga olindi

 Gamburgda Rossiyaga tegishli yana bir superyaxta garovga olindi

Germaniya hukumati Rossiyaga qarshi sanksiyalar doirasida Gamburg portida qiymati kamida 400 million yevro bo‘lgan ikkinchi superyaxtani garovga oldi.

Ushbu Luna yaxtasi sanksiyalar ro‘yxatiga tushib qolgan asli ozarbayjonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Farhod Ahmedovga tegishli ekani aytilmoqda.

Uzunligi 115 metr, to‘qqiz palubali va basseynli yaxta avvalroq Roman Abramovichga tegishli bo‘lgan.

Aprel oyida Gamburgda qiymati 800 million dollargacha bo‘lgan Dilbar yaxtasi garovga olingan edi. Germaniya polisiyasiga ko‘ra, u Alisher Usmonovning singlisiga tegishli.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!