G7 mamlakatlari noyob yer minerallari bo‘yicha Xitoyga qaramligini kamaytirishga kelishib oldilar.
Yaponiya moliya vaziri Sasuki Katayama bu haqda G7 moliya vazirlari muzokaralaridan so‘ng e’lon qildi.
Katayama shuningdek, Yaponiyaga ikki maqsadli tovarlar eksportiga Xitoyning embargosi bo‘yicha Tokioning pozisiyasini hamkasblariga bayon qildi.
Avvalroq Bosh vazir Sanae Takaiti bu qarorni qabul qilib bo‘lmaydigan deb atagan edi. Xitoy Savdo vazirligi embargo 6 yanvardan boshlab "harbiy maqsadlar uchun va harbiy qudratni mustahkamlashga hissa qo‘shadigan boshqa har qanday maqsadlar uchun" ikki maqsadli tovarlar yetkazib berishga nisbatan joriy etilishini e’lon qildi.
Yaponiya ommaviy axborot vositalari shuningdek, bir nechta Xitoy davlat kompaniyalari yaponiyalik hamkorlariga noyob yer minerallari bo‘yicha ular bilan yangi shartnomalar tuzmaslik niyatlari haqida xabar berganliklarini xabar qilishdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.
2026 йил март ойида Ливандаги можаро кучайиши ортидан 1 миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди. Улардан тахминан 620 мингини аёллар ва қизлар ташкил этди.