Futzal. Osiyo kubogi. O‘zbekiston ilk turda Tojikiston bilan nursiz durang o‘ynadi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi ilk turida Tojikistonga qarshi o‘yin o‘tkazdi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
C guruhi turnir jadvalida Yaponiya peshqadam - 3 ochko. Ular ilk turda Avstraliyani 6:2 hisobida mag‘lub etishgan.
O‘zbekiston va Tojikiston ikkinchi va uchinchi o‘rinda - 1 ochkodan. Avstraliya so‘nggi pog‘onada (0 ochko).
2-turda O‘zbekiston Avstraliya bilan (30 yanvar), Tojikiston Yaponiya bilan o‘ynaydi.
OSIYo KUBOGI - 2026
"C" guruhi, 1-tur
O‘ZBEKISTON – TOJIKISTON – 0:0
O‘zbekiston: 1. Shavkat Ibragimov, 4. Ixtiyor Ropiev, 6. Ilhomjon Hamroev, 9. Elbek To‘lqinov, 10. Shahram Faxriddinov.
Zaxira: 2. Anasxon Rahmatov, 3. Abror Ahmedzyanov, 5. Sunatilla Jo‘rayev, 7. Akbar Usmonov, 8. Xayrullo Solihov, 11. Muzaffar Ahadjonov, 12. Abbos Elmurodov, 13. Eldor Nigmatov, 14. Samariddin Berkinov.
Tojikiston: 1. Firuz Bekmurodov, 6. Idris Yorov, 7. Bahodir Xo‘jayev, 13. Baxtiyor Soliyev, 14. Dilshod Salomov.
Zaxira: 2. Nuriddin Jabborov, 3. Abduqayum Umarov, 4. Nasratsho Ismoilov, 5. Samandar Rizomov, 8. Muhammadjon Sharipov, 9. Muhammad Rajabov, 10. Umed Qo‘ziyev, 11. Kamron Aliyev, 12. Nekruz Idiyev.
