Futzal bo‘yicha Jahon chempioanti qur’a tashlash marosimi Registon maydonida bo‘lib o‘tadi

Futzal bo‘yicha Jahon chempioanti qur’a tashlash marosimi Registon maydonida bo‘lib o‘tadi

Bilasiz, 2024-yil yurtimiz nufuzli turnir FIFA Futzal Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Musobaqadan oldin esa yana bir muhim voqea - turnirga qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi. Marosim yurtimizning eng go‘zal maskanlaridan biri, ko‘hna va navqiron Samarqand shahridagi Registon maydonida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

26 may kuni Registonda o‘tkaziladigan marosimni dunyoning 200 dan ortiq mamlakati tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Go‘zal Samarqanddagi qur’a tashlash marosimi yurtimizning sport orqali o‘zini yana bir bor namoyon etishiga xizmat qiladi.

Bugun FIFA Prezidentining futzal bo‘yicha yordamchisi, FIFA musobaqalar o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Haime Yarza boshchiligidagi delegasiya Samarqandga tashrif buyurdi. Delegasiyaga Sport vaziri Adham Ikramov va O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov hamrohlik qilmoqda. Delegasiya a’zolarini Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov kutib oldi.

Tadbir ishtirokchilari Registon maydonida qur’a tashlash marosimini tashkil etishga doir rejalar bilan tanishdi.

Futzal bo‘yicha Jahon chempioanti qur’a tashlash marosimi Registon maydonida bo‘lib o‘tadi

Futzal bo‘yicha Jahon chempioanti qur’a tashlash marosimi Registon maydonida bo‘lib o‘tadi

Futzal bo‘yicha Jahon chempioanti qur’a tashlash marosimi Registon maydonida bo‘lib o‘tadi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!