Fuqarolarni chet elga ishga yubormoqchi bo‘lgan firibgarga sud hukmi o‘qildi

Fuqarolarni chet elga ishga yubormoqchi bo‘lgan firibgarga sud hukmi o‘qildi

N.Noibov (ismi sharifi o‘zgartirilgan) aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida tergovda qismi alohida ish yurituvga ajratilgan shaxs bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab, 2019 yil yanvar oyida Saitov Siroj Samanovichning ishonchiga kirib, unga “biz fuqarolarni xorijga ishga qonuniy yo‘llar bilan yuboryapmiz, to‘lovlarni to‘liq to‘lab bersangiz o‘qib ham o‘tirmaysiz” deb aldab, S.Saitovning o‘g‘li K.Saitovni Germaniya davlatiga yuborishlariga ishontirishib, S.Saitovdan jami 16.700.000 so‘m miqdoridagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, K.Saitovni Germaniya davlatiga yuborish uchun biror bir ish qilishmasdan, unga chet davlatlaridan chaqiruv qog‘ozi kelganligi to‘g‘risidagi soxta hujjatlarni taqdim etganlar.

N.Noibov o‘zining jinoiy faoliyatini davom ettirib, B.Bakirovni Polsha davlatiga yuborishlariga ishontirishib, B.Bakirovdan jami 10.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni olib, o‘zganing ancha miqdordagi mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganlar.

N.Noibov o‘zining jinoiy faoliyatini davom ettirib, K.Kodirovni 45.000.000 so‘m pul bersa, ushbu pullar evaziga Yaponiya davlatiga yuborishlariga ishontirishib, K.Kodirovdan 11.248.716 so‘mga teng bo‘lgan 1.200 AQSh dollar hamda 13.500.000 so‘m, jami 24.748.716 so‘m pullarni olib, K.Kodirovni Yaponiya davlatiga yuborish uchun biror bir ish qilmasdan, firibgarlik yo‘l bilan qo‘lga kiritganlar.

Sud majlisida N.Noibov aybiga iqrorlik bildirmagan bo‘lsada, uning aybi jabrlanuvchilar va guvohlarning ish holatini tasdiqlab bergan ko‘rsatuvlari, jabrlanuvchilarning arizalari hamda sudda tekshirilgan boshqa dalillar bilan isbotlandi.

Sud tomonidan N.Noibovga O‘zbekiston Respublikasi JK 168-moddasi 4-qismining “v” bandi va 228-moddasi 2-qismining “a,b” bandlari bilan JKning 59-moddasiga asosan 8 yil 3 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Mazkur jinoyat ishi Jizzax viloyat sudi apellyasiya instansiyasida ko‘rilib, N.Noibovga nisbatan chiqarilgan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi.

Dilshod Eshmatov,

Jizzax viloyat sudining sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!