Fransiyadagi parkda sodir bo‘lgan pichoqbozlik oqibatida olti kishi jarohat oldi

Fransiyadagi parkda sodir bo‘lgan pichoqbozlik oqibatida olti kishi jarohat oldi

Fransiya sharqidagi Ansi shahrida uyushtirilgan hujum oqibatida olti kishi, jumladan, to‘rt nafar bola pichoqlandi, deya xabar beradi VVC.

Pichoq bilan qurollangan erkak ertalab soat 9:45 da shahardagi ko‘l bo‘yidagi bog‘da uch yoshli bolalarga hujum qilgan. Tarbiyachilari bilan ertalab sayrga chiqqan bolalarni pichoqlab, keksa odamga ham jarohat yetkazgan. Jinoyatchi qochib ketmoqchi bo‘lganida o‘zi ham oyog‘idan jarohat olib, hibsga olingan.

Fransiya Ichki ishlar vaziri Jerald Darmanenning aytishicha, hujumchi xavfsizlik kuchlarining tezkor harakatlari tufayli qo‘lga olingan.

Fransiya prezidentining aytishicha, bolalar va qariyalar hayot va o‘lim o‘rtasida.

BFMTV telekanali va AFP agentligining polisiya manbalariga tayanib tarqatgan ma’lumotlariga ko‘ra, bu shaxs Fransiyadan boshpana so‘ragan suriyalik qochqin ekanligi ma’lum bo‘lgan. Boshqa manbalarga ko‘ra, u Shvesiyadan boshpana topgan bo‘lgan.

Hujumchining shaxsi hozircha aniqlanmoqda va hali tasdiqlanmagan.

Voqea joyiga Fransiya Bosh vaziri Elizabet Born tashrif buyurdi. Fransiyadagi milliy yig‘ilish voqea uchun bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!