Fransiya sport vaziri Kilian Mbappening “PSJ”ni tark etishi haqidagi xabarga munosabat bildirdi

Fransiya sport vaziri Kilian Mbappening “PSJ”ni tark etishi haqidagi xabarga munosabat bildirdi

Fransiya sport vaziri Ameli Oudea-Kastera hujumchi Kilian Mbappening “PSJ”ni tark etishi va Parijdagi Olimpiadadagi ishtiroki haqida gapirdi.

U bizga juda ko‘p narsa berdi. Mbappe Fransiya chempionatini ilhomalantirdi. Ochig‘i, biz uni yurtimizda ko‘proq maydonda ko‘rishni, tez-tez o‘yinlaridan bahramand bo‘lishni xohlashimiz sabab uning ketishidan xafamiz.

Ammo u karyerasini qurishda davom etishi kerak, qarorni uning o‘zi qabul qiladi. Aytmoqchimanki, u Fransiya terma jamoasida bizning sardorimiz bo‘lib qolmoqda va men uning Olimpiada o‘yinlarida o‘ynashini juda xohlayman, — deya Ameli Oudea-Kasteraning so‘zlarini keltirmoqda RMC Sport.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe 2024 yil fevral oyining birinchi haftasida “Real” bilan shartnoma imzolagani haqida xabar berilgan edi.

  • Futbolchining klub bilan shartnomasi 5 yilga mo‘ljallangan.
  • Uning Parijdagi Olimpiada o‘yinlaridagi ishtiroki Madrid klubining siyosati tufayli shubha ostida.
  • Klub futbolchilarini Olimpiada musobaqalariga qo‘yib yubormasligi haqida xabarlar tarqagandi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!