Fransiya prezidenti 4 hafta davomida "o‘zini izolyasiya qilish" tartibini joriy qilmoqchi

Fransiya prezidenti 4 hafta davomida "o‘zini izolyasiya qilish" tartibini joriy qilmoqchi

Evropa mamlakatlari koronavirus bilan kasallanishning ko‘payishi fonida cheklov choralarini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

Gazetaga ko‘ra, bugun Germaniyada kanslerning mintaqalar rahbarlari bilan uchrashuvidan so‘ng kuchaytirilgan karantin joriy qilinishi mumkin. Ya’ni teatrlar va fitness markazlari yopiladi, do‘konlarga tashrif buyuruvchilar soni cheklanadi, restoranlar faqat "etkazib berish" xizmati asosida ishlaydi. Shu bilan birga, maktablar va bolalar bog‘chalarining yopilishi hali rejalashtirilmagan.

Italiyada 24 noyabrgacha soat 18.00 dan keyin restoranlarning ishiga taqiq qo‘yildi, teatrlar, kinoteatrlar, sport zallari va kazinolar yopildi. Va maktablar 75% sinflarda masofaviy o‘qitishni tashkil etishlari shart edi.

Fransiyaning bir qator hududida soat 21.00 dan 6.00 gacha komendantlik soati mavjud. Mamlakat prezidenti bugun fransuzlarga murojaat qiladi. U to‘rt hafta davomida mamlakatda "o‘zini izolyasiya qilish" rejimi amal qilishi to‘g‘risida e’lon qilishi kutilmoqda.

TASS xabariga ko‘ra, Sharqiy Yevropa davlatlari ham cheklovlar kiritmoqda. Shunday qilib, Chexiyada favqulodda rejim mavjud, maktablar, umumiy ovqatlanish korxonalari, aksariyat do‘konlar yopiq. Polshada kafe va restoranlar yopiq. 70 yoshdan oshgan nafaqaxo‘rlardan uyda qolish so‘raladi, 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga kattalarsiz ko‘chaga chiqish taqiqlanadi. Mamlakat rahbariyati to‘liq karantin va chegaralarni yopish ehtimolini istisno etmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!