Frankfurtda xavfli terrorchi ayol qo‘lga olindi

Frankfurtda xavfli terrorchi ayol qo‘lga olindi

Frankfurt shahri aeroportida Germaniyaga uchib kelgan shubhali ayol hibsga olindi. Ushbu shaxs "Islom davlati" terrorchilik guruhi a’zosi ekani taxmin qilinmoqda. Bu haqda GFR Bosh prokuraturasidan ma’lum qilishgan.

"Zaynap G. ismli ayol xorijiy ID terrorchilik tashkiloti a’zosi sifatida gumonlanyapti", - deyiladi xabarda.

Hibsga olingan gumondor Germaniya fuqarosi, uni qo‘lga olish uchun rasman ko‘rsatma berilgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, juvon mamlakatdan 2014 yil kuzida chiqib ketgan va Suriyaga joylashgan. O‘sha yerda asli chechenistonlik ID jangarilaridan biriga turmushga chiqqan va o‘zi ham rasman guruhga qo‘shilgan. 2015 yil martida ijtimoiy tarmoqlardagi OAV orqali Germaniyadagi tanishlariga murojaat qilib, ularni Suriyaga chaqirgan, ID safiga qo‘shilishga da’vat etgan.

2015 yilda eri halok bo‘lgach, u kelib chiqishi Germaniyadan bo‘lgan boshqa bir jangari bilan turmush qurgan. 2016 yil farzand ko‘rgan. 2017 yilda ikkinchi eri ham o‘ldirilgan. 2020 yil boshlarida ayni payt terrorchiligi faraz qilinayotgan bu ayol Suriya shimolidagi qochoqlar lageridan qochishga muvaffaq bo‘lgan va Turkiyaga o‘tib ketgan. O‘sha yerda Germaniyaga ekstradisiya qilish maqsadida qo‘lga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!