Fotofakt: Andijonda nega aynan bolalar shifoxonasi xodimlari oq xalatdan voz kechishdi?

Fotofakt: Andijonda nega aynan bolalar shifoxonasi xodimlari oq xalatdan voz kechishdi?

Hech e’tibor berganmisiz, nima uchun yosh bolalar oq xalatli shifokorlardan qo‘rqishadi? Ularning ignasi bo‘lgani uchunmi? Mutaxassislarning fikricha, oq rang bolalar ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularni sergaklikka, hushyorlikka chorlaydi va qo‘rquv hissini uyg‘otadi. Yaqinda Germaniya davlatida xizmat safarida bo‘lib qaytgan Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning ta’kidlashicha, xorijda bolalar shifoxonalari xuddi ertaklar olamiga o‘xshar ekan. Hatto shifokorlar ham oq xalatda yurmas ekan.

Viloyat delegasiyasining xorijiy safaridan so‘ng Andijon shahar bolalar shifoxonasini ta’mirlash uchun 3,6 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘ ajratildi. “Jahon Ma’mur qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan olib borilgan ta’mirlash ishlari natijasida shifoxona haqiqiy ertaklar olamiga aylandi. Endi bu yerga davo izlab kelgan kichkintoylar dardni ham unutib o‘zini sehrli olamda yurgandek tasavvur qiladilar. Hatto shifokor va hamshiralar ham oq xalatda emas, ertak qahramonlari tasviri tushirilgan libosda yuradilar.

“Umrim bino bo‘lib kasalxonadan ketmayman, deb yig‘lagan bolani birinchi marta ko‘rishim. Nabiramni ma’lum vaqt davolatishimga to‘g‘ri keldi. Muolajalar yakunida esa u uyga qaytmayman, deb xarxasha qilsa bo‘ladi“, - deydi Lutfiya Roziqova.

Bolajonlar uchun mo‘jizalar makoniga aylangan bu maskanga kelgan kichkintoylar bu yerdagi sharoitlarni ko‘rgach vujudidagi dardni ham unutib qo‘yayotgani ayni haqiqat. Zero, kasallikni davolashni ruhiyatdan boshlash kerak, deb bejizga aytishmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!