Fotima Payman - Avstraliyaning birinchi hijobli senatori

A A A
Fotima Payman - Avstraliyaning birinchi hijobli senatori

Avstraliyaning birinchi hijobli senatori 27-iyul, chorshanba kuni mamlakat Senatida qilgan ilk murojaatida bosh kiyim kiyishni tanlagan yosh qizlarni “buni g‘urur bilan bajarishga” chaqirdi.

G‘arbiy Avstraliya senatori Fotima Payman General-gubernator Devid Xerlining palatalar tarixidagi birinchi Afg‘onistonda tug‘ilgan va hijobli bo‘laturib saylangan vakil sifatidagi mavqeini bayon qilish uchun Avstraliya parlamentidagi ochilish nutqida Payman shunday dedi: "Menga nima kiyishim kerakligi haqida “maslahat berayotganlar” yoki tashqi ko‘rinishimdan kelib chiqib, mening malakamni baholashni hohlayotganlar uchun, bilingki, hijob mening tanlovimdir".

27 yoshli senator so‘zida davom etdi: “Men hijob kiyishga qaror qilgan yosh qizlar buni g‘urur bilan kiyishlarini istayman. Men ko‘cha bo‘ylab kalta yubka kiygan ayollarni hukm qilmayman va odamlar meni sharf kiyganim uchun hukm qilishlarini ham hohlamayman.Men yoshman, men ilg‘orman va men zamonaviy Avstraliyaning vakiliman.", dedi Payman.

Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli Fotima Payman shu hafta Avstraliya parlamentida birinchi hijobli senator bo‘lganidan keyin tarixga kirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!