Fojia! Sirdaryoda er noligan xotinini o‘ldirdi

Fojia! Sirdaryoda er noligan xotinini o‘ldirdi

Shirin shahar “Do‘stlik” mahallasida yashovchi 1958 yilda tug‘ilgan fuqaro B.A. joriy yilning 19 yanvar kuni soat 09:00larda Shirin shahar IIBga o‘z aybiga iqrorligi to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil 18 yanvar soat 21:00larda yashash xonadonida 1971 yilda tug‘ilgan shar’iy nikohidagi turmush o‘rtog‘i M.X. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan og‘zaki janjal (xotini unga “pul topib kelmayabsan” degani uchun) oqibatida shu yerda bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan M.X.ning tanasini turli joylariga jami 5 marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan, deyiladi Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan «Sirdaryo Xabarlari»ga berilgan xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Shirin shahar prokuraturasi tomonidan B.A.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!