Fohishabozlikka qarshi kurash: erkaklar ham jazolanishi kerak?!

Fohishabozlikka qarshi kurash:  erkaklar ham jazolanishi kerak?!

Mening fikrim portalida Jamiyatda fohishabozlikka qarshi qat’iy choralar ko‘rish haqida petisiya e’lon qilindi.

Murojaat muallifining fikricha, fohishalikni va shunga tenglashtiriluvchi buzuqlik holatlarini kamaytirish uchun faqatgina fohishalarga yoki ushbu sharoitni yaratib berayotgan shaxslarga jazo berilishi yetarli emas. Bunda bevosita ishtirok etgan erkak yoki erkaklar uchun ham ma’muriy, jinoiy jazo choralari qo‘llanilishi, tegishli choralar ko‘rilishini lozim.

Buning uchun dalil bilan ushlangan mazkur holat ishtirokchisi uchun birinchi marta sodir etilsa, jarima belgilash, ikkinchi marta sodir etilsa, 15 sutka ma’muriy qamoq, uchinchi martada 1 yilgacha ahloq tuzatish ishlariga jalb qilish choralarini belgilash taklif qilinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!