Firibgarlikni kasb qilgandi

Firibgarlikni kasb qilgandi

Jizzax shahrining Bobur mahallasida yashovchi E.Q. mahalladoshi A.X.dan norozi bo‘lib, ichki ishlar organlariga ariza yozdi. Ayon bo‘lishicha, 2022 yilning yanvarida A.X. arizachining uyali aloqa vositasini 1 million 300 ming so‘mga narxlab, bo‘lib to‘lash sharti bilan olgan.

Ammo yigit va’dasida turmadi. Shu bois holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Surishtiruvlar davomida A.X.ning Jizzax shahrining Bunyodkor mahallasida yashovchi M.O.ni ham chuv tushirgani ma’lum bo‘ldi. Ya’ni A.X. 2022 yilning 10 noyabr kuni M.O.dan qiymati 9 million so‘mlik 2 dona “Pleysteyshn” qurilmasini ijaraga olib, boshqa shaxslarga pullab yuborgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!