Finlyandiyada Rossiya bilan chegaraning yopilishiga qarshi mitinglar bo‘lib o‘tdi

Finlyandiya bilan chegaradosh Lappeenranta shahrida Rossiya bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlarining yopilishiga qarshi miting bo‘lib o‘tdi. Xuddi shunday miting Finlyandiyaning Yuvyaskyulya shahrida ham bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Yle teleradiokompaniyasi.
Yle ma’lumotlariga ko‘ra, Lappeenrantadagi aksiyada 200–300 ga yaqin odam qatnashgan. Ular Finlyandiya hukumatidan mamlakat janubi-sharqidagi chegara punktlaridan kamida bittasini ochishni talab qilishdi.
18 noyabr kuni Vartius nazorat-o‘tkazish punktida vaziyat yanada murakkablashdi, chunki Finlyandiya chegara qo‘shinlari odamlarning ko‘pligi tufayli uni vaqtincha yopib qo‘ydi. Yopilish sababi bir kun ichida 67 boshpana izlovchining kelganidan keyin ortiqcha yuk bo‘lgan.