Finlyandiyada maktabda otishma uyushtirgan o‘smir bola haqida tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

Finlyandiyada maktabda otishma uyushtirgan o‘smir bola haqida tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

Seshanba kuni Finlyandiya maktablaridan birida otishma sodir etgan o‘smir tahqirlashlar qurboni bo‘lgan, deya xabar beradi Yle jamoat teleradiokompaniyasi.

Yle ma’lumotlariga ko‘ra, otishmada gumon qilingan 12 yoshli bola maktabda tahqirlashlar qurboni bo‘lgan. Shunday qilib, jinoyat sababi bevosita bulling bilan bog‘liq”, — deyiladi materialda.

Voqea qotillik va qotillikka urinish sifatida tekshirilmoqda. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilmaydi, chunki gumondorning yoshi uni jinoiy javobgarlikka tortishga to‘g‘ri kelmaydi. Polisiya so‘roqdan keyin u ijtimoiy xizmatlarga topshirilishini aytdi. Otishmada qo‘llanilgan o‘qotar qurol gumondorning yaqin qarindoshiga tegishli va lisenziyaga ega, deydi polisiya.

Finlyandiyada sodir bo‘lgan otishmada kamida 12 yoshgacha bo‘lgan uch bola jarohat olgan. Ulardan biri vafot etgan. Bu 2 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 9:00 dan keyin poytaxt Xelsinki chekkasida joylashgan Vantaa shahridagi Viyertola maktabida sodir bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!