Faxriy donorlar tibbiyot muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qilinishini bilasizmi?

Faxriy donorlar tibbiyot muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qilinishini bilasizmi?

Donorlik – savobli amal! Beg‘araz qon topshirish — insoniylikning oliy namunasi. Donorlar ana shunday insonlar bo‘lib, ular tufayli har kuni minglab bemorlar hayoti saqlab qolinadi.

Xo‘sh, yurtimizda donorlik faoliyati qanday yo‘lga qo‘yilgan? Beg‘araz qon topshiruvchi shaxslar qanday huquq, imtiyoz va kafolatlarga ega?

Qonunchilikka ko‘ra:

qon va uning tarkibiy qismlarini muntazam ravishda hamda bepul topshiruvchi donor “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi va BHMning 5 baravari miqdorida biryo‘la beriladigan pul mukofoti oladi;

mazkur ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar tibbiyot muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qilinadi;

qon topshiradigan kuni, shuningdek tibbiy ko‘rikdan o‘tadigan kuni donor ana shu kunlar uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod qilinadi;

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalari, ta’lim oluvchilarning boshqa toifalari qon topshiradigan kuni, shuningdek tibbiy ko‘rikdan o‘tadigan kuni mashg‘ulotlardan, harbiy xizmatchilar esa naryadlarni bajarishdan, xizmatni o‘tashning vaxta va boshqa shakllaridan ozod qilinadi;

donorga har safar qon topshirgan kunning bevosita ertasiga dam olish uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda qo‘shimcha 1 kun beriladi. (https://lex.uz/docs/46727#46828) Donor xohishiga ko‘ra mazkur dam olish kuni har yilgi mehnat ta’tiliga qo‘shib berilishi mumkin;

donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek tibbiyot muassasalarining xodimlari tomonidan qon olganlik uchun olinadigan summalar soliq to‘lovchining jami daromadi tarkibiga kiritilmaydi;

donor xodimlarga ko‘rikdan o‘tish, qon topshirish va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun to‘lov, ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash jumlasiga kiradi;

sog‘lig‘i saqlanishi tibbiyot xodimlari tomonidan kafolatlanadi hamda sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!