Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Nurota tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi dehqonchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbari bilan o‘zaro til biriktirib, ushbu xo‘jalikning 80 gektar yer maydonini xaridorga 1 mlrd. so‘mga sotishga kelishib, oldindan 700 mln. so‘m olgan vaqtlarida ushlandi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon shahridagiqurilish firmasi rahbari shahar hokimligi zaxirasida bo‘lgan 14 sotix yer maydonini go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, tanishlari orqali uni xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 40 mingAQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Samarqand viloyatida kuzatilgan holatda esa Samarqand tumanida yashovchi, 1982 y.t. fuqaro tuman hokimining tegishli qarori bilan unga dehqon xo‘jaligi tashkil etishi uchun uzoq muddatga imtiyozli ravishda berilgan 35 sotix yer maydonini kadastr tizimidagi tanishlari yordamida xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 45 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 25 mingAQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati, viloyat prokuraturasi hamda ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон футболида катта ўзгаришлар даври бошланмоқда. Президентнинг янги қарорига мувофиқ, Суперлига клубларини молиявий соғломлаштириш ва босқичма-босқич хусусий секторга ўтказиш бўйича аниқ «йўл харитаси» белгиланди.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Муҳаммад Ризо Ариф Al Jazeera телеканалида АҚШ президенти Дональд Трамп Америка қўшинларини Харк оролига жойлаштиришга қарор қилиши мумкинлигини, аммо уларнинг қайтиши Вашингтонга эмас, балки Теҳронга боғлиқлигини айтди.
Дастлабки маълумотларга кўра, мазкур маҳсулотлар Қирғиз Республикасидан ноқонуний равишда олиб кирилган бўлиб, уларнинг бир қисми ярим тайёр, яна бир қисми эса қайта ишланган ҳолатда бўлган.
Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.