Farg‘onada YTH oqibatida Italiya fuqarosi halok bo‘ldi

2 iyun kuni soat 10:10 atrofida Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Italiya fuqarosi A.U. halok bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
YTH Oltiariq tumani "Azimobod" mahallasidan o‘tuvchi 4P-148A Bog‘dod-Oltiariq yo‘lining 2-kilometrida sodir bo‘lgan. Nexia-2 haydovchisi — Bag‘dod viloyatida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan A.A. velosiped haydab ketayotgan 67 yoshli chet ellik ayolni urib yuborgan.
Oqibatda u turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi surishtiruv ishlarini olib bormoqda.