Farg‘onada tez yordam va qo‘riqlash boshqarmasi mashinalari YTHga uchradi

Farg‘onada tez yordam va qo‘riqlash boshqarmasi mashinalari YTHga uchradi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatidagi Qo‘riqlash boshqarmasi tezkor harakatlanuvchi guruh avtotransporti va tez tibbiy yordam mashinalari o‘rtasida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgani aks etgan suratlar tarqaldi. Holatga Milliy gvardiya qo‘riqlash bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, tezkor harakatlanuvchi avtotransport vositasi Quvasoy shahar A.Navoiy ko‘chasida harakatlanib ketayotgan vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan tez tibbiy yordam bo‘limining Damas rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

YTH oqibatida 2 nafar fuqaro yengil va o‘rta darajadagi tan jarohati olishgan.

Hozirda holat yuzasidan Quvasoy shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!