Farg‘onada tadbirkorlarning pulini o‘zlashtirgan MCHJ rahbari va hisobchining kirdikorlari fosh etildi

Farg‘onada tadbirkorlarning pulini o‘zlashtirgan MCHJ rahbari va hisobchining kirdikorlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning So‘x tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.C.”. MCHJ ta’sischiligida tashkil etilgan “S.C.” MCHJ rahbari YU.M. ta’sischi tomonidan o‘zining moddiy javobgarligiga topshirilgan 231,8 mln so‘mlik tikuv mashinalari va boshqa tovar-moddiy boyliklarni hamda qiymati 136,8 mln so‘mlik “Mercedes Benz Sprinter” rusumli avtotransport vositasini boshqa bir fuqaroga 12 000 AQSh dollariga sotib yuborib, jamiyatning o‘ziga ishonib topshirilgan jami 368,6 mln so‘mlik mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan “I” MCHJ rahbarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, MCHJning sobiq bosh hisobchisi A.I. jamiyat hisob raqamidagi 58,3 mln so‘mni o‘ziga oylik ish haqi sifatida hisoblab, shundan 11,3 mln so‘mini soliq to‘lovlariga yo‘naltirib, qolgan 47 mln so‘mini o‘zining shaxsiy plastik kartasiga o‘tkazib talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!