Farg‘onada firibgar ayollar fosh bo‘ldi

Farg‘onada firibgar ayollar fosh bo‘ldi

Furqat tumani. U.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 30 aprel kuni noma’lum ayollar ishonchiga kirib, umumiy narxi 3.500.000 so‘mlik ayollar tilla-taqinchoqlarini bir kun muddatda ta’mirlab qaytarib olib kelib berishini aytib, tilla-taqinchoqlarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni YU.D. va O‘.M ismli ayollar sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!