Bu haqda "Sevimli" telekanalining "Zamon" dasturida batafsil ma’lumot berildi.
Aytilishicha, andijonlik erkak farg‘onalik qiz bilan ijtimoiy tarmoq orqali tanishadi. U bilan bir necha bor gaplashib, yoqtirib qoladi. Unga uylanmoqchi bo‘ladi. Ammo avval rozilik bildirgan qiz turmushga chiqish fikridan qaytadi.
Bundan g‘azablangan erkak qizdan o‘ch olish payiga tushadi. Uning Farg‘onadagi xonadoniga borib qizning yangasini qorniga pichoq suqadi. Shundan so‘ng telefon orqali qizni uyiga chaqirtiradi. Yangasining ikki oylik chaqaloqni yig‘idan to‘xtata olmagach, yostiq bilan dimiqtirib o‘ldiradi.
Qiz xonadoniga yetib kelgach, uni ham bir necha bor pichoqlaydi. Shu payt shovqinni eshitgan qo‘shnisi milisiyaga qo‘ng‘iroq qilishini aytadi. Qo‘qib ketgan qotil voqea joyini tark etadi, pichoqni yashirib, Andijon shahriga qaytib ketadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudining hukmi bilan erkak Jinoyat kodeksining tegishli modda va qismlari bilan 20 yilga qamaldi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.
Responsible Statecraft маълумотига кўра, Эрондаги операция АҚШга жиддий зарар етказган ва мамлакатнинг катта миқёсли можарога тайёр эмаслигини кўрсатган.
Маълумотларга кўра, ҳодиса Ролпа туманидаги Джалджала ҳудудида содир бўлган. Автомобил Шарқий Рукумдан келаётган зиёратчиларни олиб кетаётган бўлган ва тоғли ҳудудда йўлдан чиқиб, тахминан 800 метр баландликдан қулаган.
2026 йил 27 апрель куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси Президенти, профессор Актоти Раимқулова хонимнинг Туркиянинг Газиантеп шаҳрига амалга оширган хизмат сафари доирасида Газиантеп Катта Шаҳар ҳокими Фотма Шаҳин хоним билан учрашув бўлиб ўтди.