Farg‘ona viloyatida tuman yo‘l korxonasi rahbari va bosh hisobchisiga "ish" ochildi

Farg‘ona viloyatida tuman yo‘l korxonasi rahbari va bosh hisobchisiga "ish" ochildi

Farg‘ona viloyatida tuman yo‘l korxonasi rahbari va bosh hisobchisi turli yo‘llar bilan davlat pullarini talon toroj qilganligi aniqlanib, aybdorlarga sud tomonidan tegishli jazo tayinlandi.

Biror jamoaga bosh bo‘lish aslida katta mas’uliyat. Afsuski, oramizda ishonib topshirilgan vazifani suiiste’mol qilganlar ham uchrab turibdi. “Bag‘dod tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi” unitar korxonasi rahbari B. A. va bosh hisobchisi I. S. belgilangan talablarga zid ravishda 2021-2022 yillarda 17 nafar xodimlar nomiga ortiqcha 70 million 484 ming so‘m rag‘batlantirish pullarini ortiqcha to‘lagan.

Shuningdek, ular korxona tomonidan qora va rangli metall parchalarini topshirish rejasi bajarilishi bo‘yicha xodimlarni moddiy rag‘batlantirishni belgilab, xodimlarga asossiz ravishda 44 million 674 ming so‘m mablag‘ni bergan. Bu bilan davlat mablag‘larini rastrata yo‘li bilan talon toroj qilgan.

Mazkur mansabdor shaxslar bu kabi ishlarini davom ettirib, grafim mahsulotini, 1 700 litr dizel yoqilg‘isini korxona hisobiga kirim qilmasdan o‘zlashtirib yuborgan. Shu bilan birgalikda ular korxonaning debitor qarzdorliklarni undirish hamda kreditor qarzdorliklarni so‘ndirish choralarini ko‘rmasdan korxona manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bag‘dod sudi tomonidan mazkur ish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga sud hukmi o‘qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!